Matematikada Fibonachi sonlari deb nomlanadigan sonlar qatori mavjud bo'lib, bu sonlar qatorida har bir son o'zidan
avval kelgan ikkitda ketma-ket sonlarning yig'indisidan iboratdir. Fibonachi sonlar qatorining birinchi va ikkinchi
hadlari mos ravishda 0 va 1ga tengdir. Quyidagi qator ham Fibonachi qatori hisoblanadi:
[0, 1, 1, 2, 3, 5, 8, 13, 21, 34, ...]
Biz Fibonachi sonlar qatorini asosan kompyterlarda qidirish algorithmi sifatida ko'rishimiz mumkin. Bundan tashqari bu qatorni bir hayotimizning quyidagi jabhalarida uchratib turishimiz mumkin:
- Daraxt barglarining o'zagida va daraxt shoxlarida uchratib turishimiz mumkin.
Hozirgi kunda Fibonachi sonlar qatori va Oltin nisbatga fizika, kvant mehanikasi va kriptografiya sohasida izlanish olib boruvchilar tomonidan katta qiziqishlar bildirilmoqda.
Fibonachi sonlarning 8chi hadini topishni ko'rib chiqamiz:
1-had | f1 = 0
2-had | f2 = 1
3-had | f3 = f1+f2
=1
4-had | f4 = f2+f3
=2
5-had | f5 = f3+f4
=3
6-had | f6 = f4+f5
=5
7-had | f7 = f5+f6
=8
8-had | f8 = f6+f7
=13
f(8)=21